Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch

yuksak-manaviyat-yengilmas-kuch

I.A.Karimov, O’zbekiston nashriyoti, 2008 yil

“Ma’naviyat” nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobini nashrdan chiqardi.

Ushbu kitobda odamzot uchun hamma zamonlarda ham bebaho boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar, islohotlarning ma’naviy mezonlari haqida atroflicha fikr yuritiladi.

Muallif haqli ravishda ta’kidlaganidek, “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugungi va ertangi hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim va hal qiluvchi masalalar o‘rtaga qo‘yilgan mazkur asar insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va kuchga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida har tomonlama mushohada yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratishga da’vat etishi bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.

Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari

“Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” / Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этиш йўллари ва чоралари

“Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” / Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этиш йўллари ва чоралари

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi Prezident Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli kitobini nashrdan chiqardi. Читать далее

O’zbekiston mustaqillika erishish ostonasida kitobi

Prezident Islom Karimov asarlari: O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobi - Президент Ислом Каримов асарлари: Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида китоби

Prezident Islom Karimov asarlari: O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida kitobi — Президент Ислом Каримов асарлари: Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида китоби

O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan yangi kitobi nashr etildi. Kitobdan Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki davrida (1989-1991 yillarda) olib borgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatini aks ettiradigan ma’ruza va nutqlar, suhbat, maqola va intervyular o‘rin olgan. Читать далее