Akademiyam

TTA talabasi ijodidan she’r

Egnimga oq libos kiydirgan ilk bor,
Farqla deb najot ne, ne erur ozor,
Ko‘nglimga shifo deb, joylagan ashhor
Shukur ming, u bilan har bir soniyam
Dilimga jo bo‘lgan, Akademiyam !

Kimlarni yig‘latgan, kimni izlatgan,
Kimgadur jon berib, masrur quvnatgan,
Manguga hayotdan saboq o‘rgatgan,
Bekorga ketmagan, har bir oni ham
Ilmlar maskani – Akademiyam !

Ilm izlab kelgan, unga dunyolar,
Guvohidur, buning qadim binolar,
Unga tarix erur Ibn Sinolar
Tarixidek buyuk, sharaf shoni ham
Yurtim javohiri Akademiyam !

Ko‘rmoq istasangiz bizlarga boqin
Biz kabi yigit va qizlarga boqin
Bizdan qoladigan izlarga boqin
U bilan taniydi, dunyo bizni ham
Kelajagi porloq Akademiyam !

Shukur ming, u bilan har bir soniyam
Bekorga ketmagan, har bir oni ham
Tarixidek buyuk, sharaf shoni ham
U bilan taniydi, dunyo bizni ham
Istiqlol tuhfasi Akademiyam.

Karamotilloi Umedullo.
Toshkent tibbiyot akademiyasi
tibbiy pedagogika fakulteti 4 kurs talabasi

  • Mirkozim

    Juda ajoyib, ofarin!!!